Yangi yil ta’tilida Toshkentda qayerlarga borish mumkin — kinoteatr, konsert va muzda uchish maydonlari

30-dekabr 2025 14:09 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yangi yil
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Yangi yil ta’tili – oila a’zolari va yaqinlar bilan birga vaqt o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish va shahardagi bayramona muhitni his qilish uchun eng qulay davr. Toshkentda bu kunlarda kinoteatr, konsert va ochiq dam olish maskanlarida maxsus dasturlar tayyorlangan.

Kursiv Uzbekistan ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun eng ommabop yo‘nalishlar haqida ma’lumot beradi.

31-dekabr kuni namoyish qilinadigan kinolar

Dam olish kunlarida yaqinlar bilan kinoteatrga borish ham ajoyib tanlov. Quyida poytaxtda bayram kunlari kinoteatrlarda qanday filmlar namoyish qilinishi, vaqti va chiptalar narxini bilib olishingiz mumkin:

Magic Cinema

Foto: Afisha.uz
ZalZal turiFilm nomi FormatSeans vaqtlariTil
1VIPAvatar: Alanga va kul3D11:00, 14:35rus
2PremierAvatar: Alanga va kul3D12:45, 16:20rus
2PremierZootopiya 210:40rus
3PremierAvatar: Alanga va kul10:30rus
3PremierZootopiya 214:05, 16:10rus
4StandardAnakonda10:20, 16:30rus
4StandardZootopiya 212:15rus
4StandardFreddi bilan besh tun 214:20rus
5VIPAvatar: Alanga va kul15:50rus
5VIPAnakonda12:00, 13:55rus
5VIPYo‘lkalar 1210:10rus
6Kids HallGubka Bob: kvadrat shimlar izida10:00, 11:50, 13:45, 15:40, 17:35rus

Joylashuvi

📍 Xaritada ko‘rish

Ushbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 11, 32, 47, 76, 81, 103, 118 va 126-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal – Magic city.

Chiptalar narxi 45 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha boradi.

Compass Cinema

Foto: Afisha.uz

Namoyishlar

Compass Cinema — 1-zal

Film nomiSeans vaqtiFormat / Til
Avatar: Alanga va kul10:103D / ruscha
Avatar: Alanga va kul13:40ruscha
Avatar: Alanga va kul17:103D / ruscha

Compass Cinema — 2-zal

Film nomiSeans vaqtiTil
Anakonda10:20ruscha
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida15:25ruscha
Illyuziya ustalari 317:20ruscha
Freddi bilan besh tun 212:10ruscha
Uch bahodir va nur bitta nuqtada13:55ruscha

Compass Cinema — 3-zal

Film nomiSeans vaqtiFormat / Til
Zveropolis 210:30ruscha
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida12:253D / ruscha
Zveropolis 214:10ruscha
Zveropolis 216:05ruscha
Anakonda18:00ruscha

Compass Cinema — 4-zal

Film nomiSeans vaqtiFormat / Til
Uch bahodir va nur bitta nuqtada10:15ruscha
Anakonda12:00ruscha
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida13:503D / ruscha
Anakonda15:30ruscha
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida17:25ruscha

Compass Cinema — 5-zal

Film nomiSeans vaqtiTil
Avatar: Alanga va kul11:05ruscha
Anakonda14:30ruscha
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida16:25ruscha
Zveropolis 218:05ruscha

Compass Cinema — 6-zal (VIP)

Film nomiSeans vaqtiTil
Gubka Bob: Kvadrat shimlar izida10:25ruscha
Avatar: Alanga va kul12:05ruscha
Avatar: Alanga va kul15:40ruscha

Joylashuvi

📍 Xaritada ko‘rish

Ushbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 81, 13T, 39, 45, 93, 137, 183-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal Compass savdo markazi.

Chiptalar narxi 40 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha boradi.

Sergeli Cinema

Foto: Yandex Maps
ZalFilm nomiSeans vaqtiFormatTil
Zal №1Avatar: Alanga va kul11:552Drus
Zal №1Gubka Bob: kvadrat shimlarni izida10:102Drus
Zal №1Gubka Bob: kvadrat shimlarni izida17:102Drus
Zal №1Uch bahodir va nur bitta nuqtada15:252Drus
Zal №2 (VIP)Avatar: Alanga va kul17:253Drus
Zal №2 (VIP)Anakonda13:502Drus
Zal №2 (VIP)Zootopiya 215:302Drus
Zal №2 (VIP)Illuziya san’ati 312:002Drus
Zal №2 (VIP)Uch bahodir va nur bitta nuqtada10:202Drus

Joylashuvi

📍 Xaritada ko‘rish

Ushbu manzilga poytaxtda harakatlanuvchi 8, 40, 47, 48, 58, 62, 75, 86, 104, 105, 126, 130 va 131-avtobuslar orqali yetib borish mumkin. Mo‘ljal Sergeli Arena.

Chiptalar narxi 30 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha boradi.

Dream Park’da Yangi yil shou dasturi

Foto: Afisha.uz

Toshkentdagi Dream Park’da Yangi yil munosabati bilan bir necha kun davom etadigan bayramona shou dasturi tashkil etiladi. Tadbirlar 28-dekabrdan 2-yanvargacha har kuni soat 17:00 da boshlanadi.

29-dekabrda tomoshabinlar Xojiakbar Ruzmetov ijrosidan bahramand bo‘lishadi. 30-dekabr kuni Shoxrux konsert beradi. 31-dekabrda Mavluda Asalxo‘jaeva va Izzat Shukurov birgalikda, 1-yanvar kuni Yorqinxo‘ja Umarov chiqish qiladi. 2-yanvar kuni bayram Umidaxon konserti bilan yakunlanadi.

Dream Park’dagi Yangi yil shou dasturiga kirish bepul.

📍 Xaritada ko‘rish

Central Park’da Yangi yil festivali bo‘lib o‘tadi

Foto: Yandex Maps

Toshkentdagi Central Park’da Yangi yil munosabati bilan yorqin shoular va ko‘ngilochar dasturlarga boy festival tashkil etiladi. Tadbir 25-dekabr 2025-yildan 11-yanvar 2026-yilgacha davom etadi.

Festival doirasida mehmonlarni fayr-shoular, ko‘zboylag‘ich tomoshalar, animatorlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sovrinli o‘yinlar kutmoqda. Shuningdek, Qorbobo, Grinch va Elflar chiqishlari ham bo‘lib o‘tadi.

Bayramona sahnada Rishat Band, Sabina Mustayeva, Milan Band va reper Shoxrux ijrolari namoyish etiladi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, festival tadbirlariga kirish bepul bo‘lib, u barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan.

📍 Xaritada ko‘rish

Toshkentda qayerda muzda uchish mumkin

Foto: Afisha.uz

So‘nggi yillarda Toshkentda yopiq va ochiq konkida uchish maydonlari soni sezilarli darajada ko‘paydi. Quyida qish mavsumida Toshkentda faoliyat yuritayotgan asosiy konkida uchish maskanlari jamlandi.

Ice City — Frozen Lake

Ice City ko‘ngilochar parki hududida joylashgan ushbu yopiq konki maydoni muz qoplamasiga ega. Majmua Vikinglar davri va O‘rta asrlar uslubida qurilgani bilan ajralib turadi. Bu yerda konkidan tashqari chang‘i va snoubord yo‘lakchalari ham mavjud.
Kirish kartasi 10 ming so‘m turadi. Konkida uchish 30 daqiqa uchun 45 ming so‘m etib belgilangan. Sovuqdan himoyalanish uchun bepul jilet va nimchalar taqdim etiladi.

Alpomish muz saroyi

Alpomish muz saroyidagi yopiq konki maydoni professional va havaskorlar uchun qulay sharoitga ega. Narxlar 30 daqiqa uchun 50 ming so‘mdan boshlanadi. Instruktor va trener xizmatlari, shuningdek, butun maydonni ijaraga olish imkoniyati mavjud. Konki va bir martalik paypoq narxga kiritilgan.

Humo Arena

Humo Arena’da xokkey va konsertlardan tashqari konkida uchish imkoniyati ham bor. Yopiq muz maydoni nisbatan kichik bo‘lsa-da, qulay va xavfsiz. Narx barcha yoshdagilar uchun bir xil: 30 daqiqa — 70 ming so‘m, bir soat — 100 ming so‘m.

Ice Rink — Riviera

Riviera savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan yopiq konki maydoni oziq-ovqat hududiga yaqinligi bilan qulay. Dam olish kunlari muz shoulari ham tashkil etiladi. Bolalar uchun narx 45 ming so‘m, kattalar uchun 50 ming so‘m.

Tashkent City Park

Yangi yil arafasida Tashkent City bog‘ida ochiq osmon ostida mavsumiy konki maydoni ish boshlaydi. Qoplama sun’iy bo‘lsa-da, bayramona muhit bu joyni mashhur manzilga aylantiradi. Ish vaqti 12:00–18:00 va 19:00–23:00 oralig‘ida. Narxlar 30 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha.

Milliy bog‘

Milliy bog‘da ham mavsumiy ochiq konki maydoni faoliyat yuritmoqda. Qoplama sun’iy bo‘lib, kunduzgi payt suratga tushish uchun ayniqsa qulay. 30 daqiqa uchun 30 ming so‘m, bir soat uchun 50 ming so‘m etib belgilangan.

Shuningdek