Yetim bolalar uchun 500 dollarlik shaxsiy depozit hisoblari ochildi

eʼlon qilindi
Bolalar mablag‘dan 18 yoshga to‘lganidagina foydalanishlari mumkin
Yetim bolalar uchun 500 dollarlik shaxsiy depozit hisoblari ochildi / Foto: ijtimoiy himoya milliy agentligi

0–17 yosh orasidagi 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Har bir hisob raqamiga davlat tomonidan $500 mablag‘ ajratildi. Mablag‘lar kapitalizatsiya asosida jamg‘arilib, bola 18 yoshga to‘lganida foydalanishi mumkin.

9 yoshdan katta bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Kartalar orqali jamoat transportidan imtiyozli foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash hamda ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanish mumkin. Barcha amaliyotlar Baraka mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi.

Qo‘llab-quvvatlash choralari mahallalarda yashovchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar, mehribonlik uylari va SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari, ota-onasi Vatan himoyasida halok bo‘lgan bolalar, shuningdek «Taskin» bolalar xospisidagi onkologiya bemorlarini qamrab oladi.

«Taskin» bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun depozit mablag‘lari qonuniy vakillar murojaatiga asosan istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yagona ijtimoiy reyestr joriy etilishi haqida xabar beegan edik.

Shuningdek