
2025-yil davomida dollar kursi so‘mga nisbatan turli yo‘nalishlarda o‘zgarib bordi. Yil boshida ayrim iqtisodchilar AQSh valyutasining keskin oshishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, yil oxirida ko‘rsatkichlar mutlaqo boshqacha tendensiyani ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida dollar kursining yil davomida o‘zgarishi haqida so‘z boradi.
Yil boshida, 1 AQSh dollari 12 915,18 so‘mni tashkil etdi va kunlik hisobda 10,27 so‘mga oshdi. Fevral boshida kurs 12 975,05 so‘mga ko‘tarildi va o‘sish 18,04 so‘mni tashkil qildi.
Mart boshida dollar 12 890,07 so‘mga tushdi. Aprel boshida esa kurs yana oshib, 12 937,16 so‘m darajasiga yetdi. May boshida dollar yana pasaydi va 12 920,16 so‘m bo‘ldi. Iyun boshida kurs 12 790,43 so‘mgacha tushib, eng past ko‘rsatkichlardan biri qayd etildi.

Iyul va avgust oylarida pasayish davom etdi. Iyul boshida dollar 12 694,97 so‘mni, avgust boshida esa 12 692,42 so‘mni tashkil etdi. Sentabr boshida keskin pasayish kuzatildi va kurs 12 422,90 so‘mgacha tushdi. Oktabr boshida esa dollar 12 067,76 so‘mga qadar arzonlashdi.
Noyabr boshida kurs 12 005,09 so‘mni ko‘rsatdi. Dekabr boshida biroz tiklanish kuzatilib, dollar 11 940,95 so‘mga chiqdi. Yil oxiriga kelib esa kurs yana oshib, dekabr oxirida 1 AQSh dollari 12 025,33 so‘m etib belgilandi.
Umuman olganda, 2025-yil davomida dollar kursi 879,58 so‘mga arzonladi. Bu davrda pasayish bosqichlari ustun bo‘ldi, yil yakunida esa kurs yil boshiga nisbatan past darajada yopildi.
Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.