Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Jamg‘arma mablag‘lari umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish uchun Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil qilinadi. Bu haqda prezident qarorida qayd etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘lar ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, ularni zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlashga sarflanadi. Bundan tashqari, boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish va ta’mirlash ishlari ham jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri elektromobillarni quvvatlash uskunalari bojxona bojidan ozod qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek