“O‘zbekgidroenergo” AJga vaqtincha rahbar tayinlandi
eʼlon qilindi
U mazkur tashkilotni avval boshqargan Abdugani Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi

Abdurahmonov Islom Abdug‘aniyevich 18-dekabrdan «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda ochiq manbalarda ma’lum bo‘ldi.
U mazkur tashkilotni avval boshqargan Abdugani Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi. Bir necha kun avval Abdugani Abdurahmonovich Sanginov «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilib, O‘zbekneftgaz rahbari etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jamshid Qo‘chqorovga neft-gaz bo‘yicha o‘rinbosar tayinlangani haqida yozgan edi.