Yangiliklar

«O‘zbekgidroenergo» AJga vaqtincha rahbar tayinlandi

U mazkur tashkilotni avval boshqargan Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi
Foto: Platina.uz

Abdurahmonov Islom Abdug‘aniyevich 18-dekabrdan «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda ochiq manbalarda ma’lum bo‘ldi.

U mazkur tashkilotni avval boshqargan Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi. Bir necha kun avval Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilib, «O‘zbekneftgaz» rahbari etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jamshid Qo‘chqorovga neft-gaz bo‘yicha o‘rinbosar tayinlangani haqida yozgan edi.