Yangiliklar

O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 400 tadan oshdi

Ularning 138 tasi qo‘shma korxona, 266 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi
Foto: Two continents

O‘zbekistonda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 400 tadan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga mamlakatda jami 404 ta shunday korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning 138 tasi qo‘shma korxona, 266 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Poytaxtda BAA kapitali ishtirokidagi 297 ta korxona ro‘yxatga olingan.

Toshkent viloyatida bunday korxonalar soni 31 tani tashkil etadi. Samarqand viloyatida 17 ta, Andijonda 7 ta, Jizzax, Buxoro va Namangan viloyatlarida 6 tadan korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy viloyatida ularning soni 5 ta, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida 4 tadan qayd etilgan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 10 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Surxondaryoda esa 1 ta BAA kapitali ishtirokidagi korxona mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston eksporti 30,9 mlrd dollarga yetgani haqida yozgan edi.