Yangiliklar

Yangi yil kechasida Toshkentda qor yog‘ishi mumkin

Tog‘larda havo harorati +6° gacha ko‘tariladi
Дожди со снегом в Ташкенте
Foto: Kursiv Uzbekistan

1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir vaqt o‘tib qorga aylanishi ehtimoli bor. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

31-dekabr kuni kunduzgi harorat Toshkentda +4° gacha pasayadi. Respublika hududlarida havo +5…+10° atrofida bo‘ladi. Shimoliy viloyatlarda esa harorat 0…+5° oralig‘ida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir qor bilan almashishi mumkin.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchayishi kutilmoqda. Qor ko‘chish xavfi mavjud. Tog‘larda havo harorati +6° gacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozilgan edi.