Yangiliklar

Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi

Hududda 50 ta savdo, xizmat ko‘rsatish va ovqatlanish obyekti bor
Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi
Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Yangi yil bayrami arafasida Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida joylashgan Mashrab ko‘chasi to‘liq yangilanib, 24/7 tartibida ishlaydigan gastronomik, turizm va savdo-servis ko‘chasi sifatida foydalanishga topshirildi.

Mazkur ko‘chani barpo etish uchun 12 mlrd so‘m investitsiya yo‘naltirilgan. Hududda 50 ta savdo, xizmat ko‘rsatish va ovqatlanish obyekti tashkil qilindi. Natijada 120 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Tungi paytda ko‘cha yorqin chiroqlar, zamonaviy infratuzilma va bayramona muhit bilan yanada jozibador ko‘rinish kasb etmoqda. Yangi yil arafasida bu yerda konsert dasturlari ham uyushtirilib, shahar aholisi va mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida gastronomik ko‘cha va Uzumlar uyi ochilishi xabar qilingandi. Shuningdek, Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamajonov ham Toshkent viloyatining Zangiota tumanida kunu tun faoliyat yurituvchi «yashil hudud», ya’ni gastronomik ko‘cha tashkil qilishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.