Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga Chevrolet Onix beriladi

eʼlon qilindi
Festival 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi
Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga avtomobil beriladi
Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga avtomobil beriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, festival 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta, odatda may oyida o‘tkaziladi. Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar festival bo‘ladigan yilning 1-fevraliga qadar tashkilotchilarga hujjat topshirishi kerak.

Nomzodlar rezyume, 6×9 o‘lchamdagi uchta rangli fotosurat, tasviriy san’at sohasidagi tajribani tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shuningdek o‘z ijodiy ishlarining kamida 10 ta sifatli fotosurati va ularni yaratish jarayoni aks etgan videomateriallarni taqdim etadi.

Tashkiliy qo‘mita 1-aprelga qadar festival ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantiradi va bu haqda nomzodlarga xabar beradi.

Festival «Gran-pri», «Eng yaxshi rangtasvirchi rassom», «Eng yaxshi haykaltarosh», «Eng yaxshi fotorassom» va «Eng yaxshi grafik rassom» nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

G‘oliblar prezident sovg‘asi sifatida mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobil, jumladan Chevrolet Onix yoki shu toifadagi boshqa avtomobil, diplom, festival ramziy haykalchasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Naqsh hunarmandchilik maktabi yangi ustaxonasiga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, arizalar qabuli 4-yanvargacha davom etadi.

Shuningdek