Yangiliklar

Eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda, eng qimmati esa poytaxtda — statistika

2025-yil dekabr oyi narxlari asosida
Eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda, eng qimmati esa poytaxtda – statistika / Foto: Pexels.com

Milliy statistika qo‘mitasi palov tayyorlashda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar narxlari asosida 1 kilogramm palovning o‘rtacha qiymatini hududlar kesimida hisoblab chiqdi. Hisob-kitobda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, guruch, no‘xat, zira va osh tuzi narxlari inobatga olingan.

Ekran tasviri Milliy statistika qo‘mitasi

Natijalarga ko‘ra, 1 kg palovning eng arzon qiymati Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan. Eng qimmat palov esa Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida kuzatilgan. Hududlar o‘rtasidagi farq asosan go‘sht, sabzi va guruch narxlari bilan bog‘liq.

Quyida 2025-yil dekabr oyida 1 kg palov uchun hisoblangan o‘rtacha qiymatlar keltirilgan.

Hudud1 kg palov narxi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi97 727
Andijon105 336
Buxoro107 175
Jizzax109 017
Qashqadaryo111 093
Navoiy109 169
Namangan108 030
Samarqand112 222
Surxondaryo111 002
Sirdaryo103 696
Toshkent viloyati111 857
Farg‘ona114 890
Xorazm106 527
Toshkent shahri115 491

Mutaxassislar ta’kidlashicha, hududlar kesimida palov narxidagi tafovut bozorlar taklifi, transport xarajatlari va go‘sht mahsulotlari narxiga bevosita bog‘liq. Umuman olganda, dekabr oyida palov tayyorlash xarajatlari ko‘pchilik hududlarda 100 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foizga qimmatlashgani haqida xabar berilgandi.