Yangiliklar

Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani qasamyodni Qur’on bilan qabul qildi

AQSh Demokratik partiyasi a’zosi Zohran Mamdani
Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani qasamyodni Qur’on bilan qabul qildi
Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani qasamyodni Qur’on bilan qabul qildi

AQSh Demokratik partiyasi a’zosi Zohran Mamdani rasman Nyu-York shahrining yangi meri sifatida qasamyod qabul qildi. Marosim Manxettendagi meriya binosi yaqinida joylashgan Old City Hall metro bekatida bo‘lib o‘tdi.

Mamdani Nyu-York tarixida islom diniga e’tiqod qiluvchi ilk mer bo‘ldi. Shu sababli qasamyod Qur’on asosida qabul qilindi. Qasamyodni Nyu-York shtati bosh prokurori Letisiya Jeyms qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York meri saylovi 2025-yilning 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. 34 yoshli Zohran Mamdani so‘nggi 100 yil ichida ushbu lavozimni egallagan eng yosh siyosatchi hisoblanadi.

Mamdanining saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Isroilning diaspora va antisemitizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha vaziri Amixay Shikli 5-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi yahudiylarni Isroilga qaytishga chaqirgandi