Yangiliklar

Yillik inflyatsiya va xususiylashtirilayotgan davlat banklari — 1-yanvarning muhim hodisalari

Kursiv Uzbekistan tomonidan 1-yanvarning muhim hodisalari jamlandi
Yillik inflyatsiya va xususiylashtirilayotgan davlat banklari — 1-yanvarning muhim hodisalari

Yillik inflyatsiya 7,3 foizni tashkil etdi, 2030-yilgacha har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi – Kursiv Uzbekistan tomonidan 1-yanvarning muhim hodisalari jamlandi.

100 nafar tozalik xodimi farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab berildi

100 nafar tozalik xodimi farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab berildi
Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

«Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovi g‘oliblari, xususan, respublika bo‘yicha 100 nafar tozalik xodimining oliy ta’limda o‘qiyotgan farzandlari uchun kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi

Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi
Andijonda 12 mlrd so‘m investitsiya evaziga gastronomik ko‘cha ochildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Yangi yil bayrami arafasida Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida joylashgan Mashrab ko‘chasi to‘liq yangilanib, 24/7 tartibida ishlaydigan gastronomik, turizm va savdo-servis ko‘chasi sifatida foydalanishga topshirildi. Mazkur ko‘chani barpo etish uchun 12 mlrd so‘m investitsiya yo‘naltirilgan.

Benzin 12 foiz, kommunal xizmatlar 17 foizga qimmatlashdi: yillik inflyatsiya 7,3 foizni tashkil etdi

Foto: Autonews.ru

Milliy statistika qo‘mitasi yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda inflyatsiya 7,3 foizni tashkil etdi. Bu 2024-yil dekabriga nisbatan inflyatsiya bosimi pasayganini ko‘rsatadi. Taqqoslash uchun, 2024-yil dekabrida yillik inflyatsiya 9,8% darajasida bo‘lgan edi. 2025-yil davomida o‘rtacha oylik narxlar o‘sishi 0,6% bo‘ldi, bu ham o‘tgan yilga nisbatan past ko‘rsatkich.

Eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda, eng qimmati esa poytaxtda — statistika

Foto: Pexels.com

Milliy statistika qo‘mitasi palov tayyorlashda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar narxlari asosida 1 kilogramm palovning o‘rtacha qiymatini hududlar kesimida hisoblab chiqdi. Hisob-kitobda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, guruch, no‘xat, zira va osh tuzi narxlari inobatga olingan.

Yangi Chevrolet Sonic avtomobilining videosi chiqdi

Yangi Chevrolet Sonic avtomobilining videosi chiqdi
Yangi Chevrolet Sonic avtomobilining videosi chiqdi / Ekran tasviri videodan

General Motors Braziliya bo‘limi 2025-yil yakuniga bag‘ishlangan korporativ videoda kutilmaganda yangi Chevrolet Sonic modelini namoyish qildi. Speedme’ga ko‘ra, ushbu avtomobil 2026-yilda brendning eng muhim yangiligi bo‘ladi. Yangi Sonic arzon SUV sifatida Onix va Tracker modellari orasidagi narx bo‘shlig‘ini to‘ldiradi.

2030-yilgacha har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi

O‘zbekiston beshta davlat bankini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston beshta davlat bankini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda / Foto: depositphotos

O‘zbekiston hukumati beshta davlat bankini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu «O‘zbekiston – 2030» yangilangan strategiyasi loyihasida qayd etilgan. Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hozirda davlatga tegishli to‘qqizta bank mavjud. Bular Milliy bank, «Agrobank», «Sanoatqurilishbank», «Asakabank», Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va «Turonbank» hisoblanadi.

Sovuq kuchayadi: yanvar oyida qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Kursiv Uzbekistan/ Asadbek Komilov

Yanvar oyi O‘zbekistonda odatda qishning eng sovuq davrlaridan biri hisoblanadi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, 1 – 2-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 3-yanvardan boshlab esa Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi

Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga Chevrolet Onix beriladi

Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga avtomobil beriladi
Andijonda rassomlar festivali o‘tkaziladi, g‘oliblarga avtomobil beriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan Andijon viloyatining Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, festival 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta, odatda may oyida o‘tkaziladi. Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar festival bo‘ladigan yilning 1-fevraliga qadar tashkilotchilarga hujjat topshirishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 31-dekabrning muhim hodisalarini e’lon qilgandi