Yangiliklar

Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda 19,3 milliard dollarga yetdi

Ma’lumotlar Bloomberg xalqaro reytingi asosida keltirilgan
Alisher Usmonov
Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda 19,3 milliard dollarga yetdi / Foto: Dossier.center

2025-yil natijalariga ko‘ra, milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy shaxslar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Bloomberg ma’lumotlariga tayanib, Biznes Online nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Usmonovning boyligi $19,3 mlrdga baholangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan $6 mlrdga oshgan.

Vladimir Potanin / Foto: Match TV
Aleksey Mordashov / Foto: Dossier.center
Vladimir Lisin / Foto: Dossier.center

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida «Nornikel» kompaniyasi egasi Vladimir Potanin turibdi. Uning boyligi $26,4 mlrdni tashkil qiladi. O‘tgan yil mobaynida Potanin’ning kapitali $1,4 mlrdga kamaygan. Ikkinchi o‘rinni «Severstal» asoschisi Aleksey Mordashov egalladi. Uning aktivlari $26,3 mlrdni tashkil etgan.

Uchinchi o‘rinda NLMK boshqaruv kengashi raisi Vladimir Lisin bo‘lib, uning boyligi $23,7 mlrdni tashkil etadi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyadagi 20 milliardlarning umumiy kapitali o‘tgan yil davomida $18,3 mlrddan ortiq o‘sib, $299,2 mlrdga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Usmonovning dividend daromadlari 96,2 mlrd rubl ($1,2 mlrd) deb baholangan edi. Forbes Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yil davomida 20,4% ga oshgan.