Yangiliklar

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida 555 nafar qiz bola tug‘ildi

O‘g‘il bola chaqaloqlar esa 539 nafarni tashkil etgan
chaqaloq
O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida 555 nafar qiz bola tug‘ildi / Foto: Unsplash

2026-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1094 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz boladir. Bu haqda SSV matbuot kotibi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 138 nafar. Keyingi o‘rinlarni Surxondaryo viloyati (135 nafar), Samarqand viloyati (125 nafar), Qashqadaryo viloyati (121 nafar) hamda Namangan viloyati (110 nafar) egalladi. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryoda kuzatilib, viloyatda 19 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 17 ta egizak holati mavjud bo‘lib, jami 37 nafar bola dunyoga kelgan. Shundan 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik va 4 nafari to‘rt homilalik egizaklardir.

Quyidagi jadvalda 2021–2025 yillarda O‘zbekistonda dunyoga kelgan chaqaloqlar soni keltirilgan:

YilChaqaloqlar soni
20211086
20221448
20231312
20241043
20251040

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 15,6 ming egizak chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar bergan edik.