
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan 921 nafari o‘g‘il, 894 nafari qiz bola, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi.
Hududlar kesimida eng ko‘p chaqaloq Surxondaryo viloyatida (243 nafar) tug‘ilgan. Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatida 216, Namangan viloyatida 194, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 191 nafardan, Andijonda 157, Toshkent shahrida 143, Toshkent viloyatida 129, Buxoroda 85, Jizzaxda 76, Xorazmda 65, Navoiyda 55, Qoraqalpog‘istonda 41 va Sirdaryo viloyatida 29 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Dunyo kelgan bolalar orasida 17 juft egizak mavjud bo‘lib, jami 37 nafar bola shu guruhga kiradi. Shulardan 30 nafari ikki hоmilalik, 3 nafari uch hоmilalik, 4 nafari esa to‘rt hоmilalik egizaklar hisoblanadi.
Quyidagi jadvalda 2021–2025 yillarda mamlakatimizda dunyoga kelgan chaqaloqlar soni keltirilgan:
| Yil | Chaqaloqlar soni |
|---|---|
| 2021 | 1644 |
| 2022 | 2316 |
| 2023 | 2155 |
| 2024 | 1859 |
| 2025 | 1641 |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 15,6 ming egizak chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar bergan edik.