Samsung Galaxy S26 va Galaxy Z yangi modellari avvalgi narxda chiqadi

2-yanvar 2026 16:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 va Galaxy Z yangi modellari avvalgi narxda chiqadi / Foto: Itzine

Samsung kompaniyasi yaqin yillarda taqdim etiladigan flagman smartfonlari narx siyosatini o‘zgartirmasligi mumkin. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy S26, Galaxy Z Fold8 va Galaxy Z Flip8 modellari avvalgi avlod qurilmalari bilan bir xil narxda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Buklanadigan Galaxy Z Fold8 va Galaxy Z Flip8 smartfonlari taxminan 2026-yil iyul oyida taqdim etiladi. Shu davrgacha Samsung flagman qurilmalari narxini oshirishni rejalashtirmayapti.

Shuningdek, Samsung Galaxy S26, Galaxy S26 Plus va Galaxy S26 Ultra modellari 25-fevral kuni AQShning San-Fransisko shahrida o‘tkaziladigan yirik tadbirda namoyish etilishi, chakana savdolar esa mart oyining boshida boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A57 va S26 FE qanday ekran bilan chiqishi haqida yozgan edik.

Shuningdek