Yangiliklar

Shveysariyadagi kurortda yong‘in, Eronda norozilik namoyishlari, Saida Mirziyoyevaning intervyusi va Alisher Usmonovning boyligi — 2-yanvar kungi yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Poytaxtda Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkaziladi
2-yanvar kungi yangiliklar dayjesti / Foto: IIAU
Shveysariyadagi kurortda sodir bo‘lgan yong‘in 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Shveysariyadagi kurortda sodir bo‘lgan yong‘in 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi / Foto: AP

Shveysariyadagi kurortda sodir bo‘lgan yong‘in 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

2026-yil 1-yanvar kuni yarim tunda Shveysariyadagi Alp tog‘larida joylashgan Kran-Montana kurortidagi Le Constellation barida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida qariyb 40 kishi halok bo‘lgan, yana 115 nafar fuqaro o‘g‘ir jarohat olgan, deya xabar bermoqda CNN.

Erondagi norozilik namoyishlari yetti kishining o‘limiga olib keldi
Erondagi norozilik namoyishlari yetti kishining o‘limiga olib keldi / Foto: ЕРА

Erondagi norozilik namoyishlari yetti kishining o‘limiga olib keldi

Eron bo‘ylab davom etayotgan norozilik namoyishlarida yetti kishi halok bo‘ldi. Ular orasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va namoyishchilar bor, deb xabar beradi AP nashri.

Xabarovskdagi o‘zbekistonlikning vafoti yuzasidan Rossiyaga nota yuborildi
Xabarovskdagi o‘zbekistonlikning vafoti yuzasidan Rossiyaga nota yuborildi / Foto: 74.RU

Xabarovskdagi o‘zbekistonlikning vafoti yuzasidan Rossiyaga nota yuborildi — TIV

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq holat Vladivostokdagi Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni tasdiqlash xarajatlari qoplab beriladi
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni tasdiqlash xarajatlari qoplab beriladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni tasdiqlash xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan «Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva
Islohotlar uchun qat’iylik emas, moslashuvchanlik va dono yondashuv zarur / Foto: AlterEgo/Youtube

Islohotlar uchun qat’iylik emas, moslashuvchanlik va dono yondashuv zarur — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bloger Kirill Altmanning AlterEgo YouTube kanaliga intervyu berdi.

iPhone 18 taqdimoti kechiktirilishi mumkin
iPhone 18 taqdimoti kechiktirilishi mumkin / Foto: TechCrunch

iPhone 18 taqdimoti kechiktirilishi mumkin

Apple kompaniyasi kuzda bo‘lishi kutilayotgan iPhone 18 modeli taqdimotini kechiktirishi mumkin. Bu haqda MacRumors ma’lum qildi.

Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda 19,3 milliard dollarga yetdi
Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda 19,3 milliard dollarga yetdi / Foto: Dossier.center

Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda 19,3 milliard dollarga yetdi

2025-yil natijalariga ko‘ra, milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy shaxslar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Bloomberg ma’lumotlariga tayanib, Biznes Online nashri ma’lum qildi.