
Bugun, 3-yanvar kuni O‘zbekistonda ob-havo nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Kunduzgi vaqtda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kechga tomon yog‘ishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor.
Shamol tezligi 7–12 metr/soniyani tashkil etadi, ayrim hududlarda u 13–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol asosan sust, 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 11–13 daraja iliq atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘li hududlarda kechga borib ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli saqlanib qoladi, qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu hududlarda shamol tezligi 7–12 metr/soniya, havo harorati esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.