AQSh Venesuela hududiga zarba berdi — video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
3-yanvar tongida
Foto: Ochiq manbalar

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi harbiy obyektlarga zarba berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda CBS nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, qaror bir necha kun avval qabul qilingan, ammo avvalroq Nigeriyadagi «Islomiy davlat» guruhiga qarshi aviatsion zarbalar ustuvor bo‘lgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

3-yanvar tongida Karakasda bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi, shahar ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi. Shahardagi guvohlar kamida yetti portlash va past balandlikdagi samolyotlar shovqini eshitilganini xabar qilgan. Janubiy hududdagi katta harbiy baza elektrsiz qolgan.

Prezident Nikolas Maduro favqulodda holat e’lon qildi. Pentagon va Oq uy rasmiylari bu masalaga izoh bermadi, ammo AQSh armiyasi vakili portlashlar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

So‘nggi oylar davomida AQSh Karib havzasidagi harbiy faoliyatini kuchaytirgan va daryo orqali narkotik tashuvchi kemalarga zarbalar berib kelmoqda. Tramp dekabr oyida Venesuela hududida yerga qarshi operatsiyalar boshlanishini bildirgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampning Janubiy Amerika davlatiga nisbatan neft blokadasi joriy etish haqidagi buyrug‘iga keskin munosabat bildirgani haqida yozgandi.

Shuningdek