O‘zbekiston xorijga 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

eʼlon qilindi
Xorijiy bozorlarga 2 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan
Foto: muayene

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistondan xorijiy bozorlarga 2 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Ushbu eksportning umumiy qiymati $1,9 milliardni tashkil etdi. Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga oshib, mamlakat umumiy eksport hajmida 6,3 foizlik ulushni egalladi.

Eksport tarkibida meva va rezavorlar asosiy o‘rinni saqlab qolgan bo‘lib, ularning hajmi 580,9 ming tonnani tashkil etdi. Sabzavotlar eksporti 553 ming tonnaga yetgan, tarvuz va qovun mahsulotlari esa 232,9 ming tonna hajmda tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, hisobot davrida 25,8 ming tonna yer yong‘oq va yong‘oqlar, 129,6 ming tonna mosh eksport qilingan. Qolgan 500 ming tonna mahsulotlar boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston gaz importini kamaytirib, eksportni oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek