Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarni ta’mirlashga kirishdi

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda oltita yuqori tezlikdagi poyezdlarni ta’mirlash bo‘yicha 80 million yevrolik shartnoma imzoladi. Bu haqda El Periódico Digital nashri xabar berdi.
Shartnoma muddati 10 yilni tashkil etadi va mamlakatdagi temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalashga xizmat qiladi.
O‘zbekistondagi loyiha Talgo uchun Markaziy Osiyoda kengayish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shartnoma poyezdlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, maxsus texnik xodimlar jamoasi va zamonaviy texnologiyalarni yangilashni nazarda tutadi.
Ekspertlar fikricha, ushbu loyiha iqtisodiy va texnologik jihatdan foydali bo‘lib, ish o‘rinlari yaratadi va ispan temir yo‘l sanoatining xalqaro nufuzini oshiradi.
Shartnoma Talgo uchun O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda kelajakdagi loyihalar, boshqa flotalarni texnik xizmat ko‘rsatish va yangi poyezdlar ishlab chiqishda eshiklarni ochishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezd chiptalariga 10% chegirma e’lon qilingani haqida yozgandi.