UzAirways’ning yangi qoidalari, AQSh va Venesuela janggi, Alisher Qodirovning ogohlantirishi — 3-yanvarning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 3-yanvar kuni mahalliy va xalqaro miqiyosda yuz bergan yangiliklarni bir joyga jamladi
Загрязнение воздуха в Ташкенте
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 3-yanvar kuni mahalliy va xalqaro miqyosda yuz bergan yangiliklarni bir joyga jamladi.

O‘zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 50 taga yetkaziladi

2030-yilgacha O‘zbekiston fuqarolari vizasiz safar qilishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 50 taga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu maqsad yangilangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi loyihasida belgilab qo‘yilgan.

Strategiyaga ko‘ra, yaqin yillarda konsullik xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus mobil platforma ishga tushiriladi. Raqamlashtirish hisobiga 2026-yilda ushbu platformadan foydalanuvchilar soni hozirgi 8,5 ming kishidan 15 ming nafarga yetkazilishi, 2030-yilga borib esa 100 ming foydalanuvchini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

UzAirways 2026-yilda ichki reyslar uchun yangi qoidalarni e’lon qildi

Uzbekistan Airways 2026-yil yanvar oyidan boshlab ichki yo‘nalishlarda aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish ketma-ketligi buzilgan taqdirda amal qiladigan yangi qoidalarni e’lon qildi.

Endi yo‘lovchi parvozning birinchi qismini ishlatmasa ham, qolgan yo‘nalish bo‘yicha reysga chiqishi mumkin. Biroq foydalanilmagan parvoz qismi uchun to‘langan tarif summasi qaytarilmaydi. Faqat aeroport yig‘imlari mablag‘lari qaytariladi. Shuningdek, foydalanilmagan parvozlar bo‘yicha chipta qayta rasmiylashtirilmaydi.

Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarni ta’mirlashga kirishdi

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi O‘zbekistonda oltita yuqori tezlikdagi poyezdlarni ta’mirlash bo‘yicha 80 million yevrolik shartnoma imzoladi. Bu haqda El Periódico Digital nashri xabar berdi.

Shartnoma muddati 10 yilni tashkil etadi va mamlakatdagi temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun 29 ta yangi qonun loyihasini tayyorlamoqda

O‘zbekiston 2026-yilda 29 ta yangi normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu chora-tadbirlar mamlakatning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlashga qaratilgan.

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov ma’lum qilishicha, O‘zbekiston 34 ta JST a’zo davlatining 33 tasi bilan ikki tomonlama bozor kirish shartnomalarini yakunlagan, faqat Tayvan bilan muzokaralar qolmoqda. 2025-yilda respublika 30 ta normativ-huquqiy aktni qabul qilgan: qonunlar, prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklar normativlari.

Venesuela prezidenti va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan chiqarib yuborildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakat hududidan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Trampning ta’kidlashicha, ushbu operatsiya AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Alisher Qodirov Rossiyadagi migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘zbekistonlik mehnat muhojirining huquq-tartibot xodimlari ishtirokidagi zo‘ravonlik oqibatida vafot etgani O‘zbekistonda keng jamoatchilik rezonansiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan rasmiy Toshkent Moskva tomoniga diplomatik nota yo‘llab, voqeani xolis va qonuniy tartibda tekshirishni talab qildi.

Hozirda O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib, jasadni vatanga qaytarish va zarur huquqiy-amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek