Venesuela prezidenti va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan chiqarib yuborildi

eʼlon qilindi
Ushbu operatsiya AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan
Foto: Al Jaazera

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakat hududidan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Trampning ta’kidlashicha, ushbu operatsiya AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

«Prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib ketildi. Operatsiya tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi», – deb yozdi AQSh prezidenti.

U, shuningdek, operatsiya yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilishini e’lon qildi. Hozircha Oq uy yoki Pentagon tomonidan rasmiy izoh berilmadi.

Venesuela rasmiylari esa AQShni mamlakatga nisbatan harbiy tajovuzda aybladi. Tashqi ishlar vaziri Ivan Xil bayonot berib, ehtimoliy hujumning maqsadi Venesuelaning strategik resurslarini, jumladan, neft va foydali qazilmalarni nazoratga olish ekanini bildirdi.

«Bu Venesuelaning siyosiy mustaqilligiga zo‘ravonlik bilan putur yetkazishga qaratilgan urinishdir. Ular bunga erisha olmaydi», – dedi TIV rahbari.

Vaziyat fonida mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani, rasmiy Karakas xalqaro hamjamiyatni voqealarga munosabat bildirishga chaqirgani xabar qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Venesuela hududiga zarba bergani haqida yozgandi.

Shuningdek