Xiaomi HyperOS uchun 5 yilgacha yangilanishlarni va’da qildi

eʼlon qilindi
Xiaomi, Redmi va Poco brendlari
Foto: Grok yordamida tayyorandi

Xiaomi kompaniyasi dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash siyosatini sezilarli darajada kengaytirdi. Endilikda Xiaomi, Redmi va Poco brendlariga mansub ayrim smartfon va planshetlar 5 yilgacha HyperOS yangilanishlarini oladi.

Bu nafaqat operatsion tizimning yirik yangilanishlari, balki funksional va xavfsizlik yaxshilanishlarini ham o‘z ichiga oladi.

Quyida uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga ega qurilmalar ro‘yxati keltirilgan.

Xiaomi:

  • Xiaomi 15T / 15T Pro — 2031-yilgacha
  • Xiaomi 15 Ultra — 2031-yilgacha
  • Xiaomi 14T / 14T Pro — 2029-yilgacha
  • Xiaomi 14 Ultra — 2029-yilgacha
  • Xiaomi MIX Flip — 2029-yilgacha
  • Xiaomi 13T / 13T Pro — 2028-yilgacha
  • Xiaomi 13 Ultra / Xiaomi 13 — 2028-yilgacha
  • Xiaomi 13 Lite — 2027-yilgacha
  • Xiaomi 12T / 12T Pro — yana 9 oy
  • Xiaomi 12 / 12 Pro — yana 2 oy
  • Xiaomi Pad 7 — 2031-yilgacha
  • Xiaomi Pad 7 Pro — 2029-yilgacha

Redmi:

  • Redmi 15 — 2031-yilgacha
  • Redmi 13C — 2031-yilgacha
  • Redmi 15 5G — 2031-yilgacha
  • Redmi Note 14 — 2031-yilgacha
  • Redmi 14C — 2028-yilgacha
  • Redmi Note 13 seriyasi — 2028-yilgacha
  • Redmi A5 — 2029-yilgacha
  • Redmi 12 — 2027-yilgacha
  • Redmi Note 12 5G — yana 2 oy
  • Redmi 12C — yana 2 oy
  • Redmi Pad 2 / Pad 2 4G — 2032-yilgacha
  • Redmi Pad 2 Pro / Pad 2 Pro 5G — 2029-yilgacha

Poco:

  • Poco F8 Ultra — 2031-yilgacha
  • Poco F8 Pro — 2031-yilgacha
  • Poco C85 — 2031-yilgacha
  • Poco M7 — 2031-yilgacha
  • Poco F7 / F7 Pro / F7 Ultra — 2031-yilgacha
  • Poco M7 Pro 5G — 2029-yilgacha
  • Poco C75 — 2028-yilgacha
  • Poco Pad M1 — 2029-yilgacha

Ushbu qaror Xiaomi’ni Android qurilmalarini uzoq muddat qo‘llab-quvvatlaydigan yetakchi ishlab chiqaruvchilar qatoriga olib chiqmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Ultra kamerasi sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgandi.

Shuningdek