AQSh Venesuelani hokimiyat xavfsiz boʻlgunga qadar vaqtincha boshqaradi — Tramp

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tramp Venesuelani «halok bo‘lgan» davlat deya ta’rifladi
Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilmoqchi
Foto: PBS

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelani «halok boʻlgan» davlat deya ta’riflab, mamlakatda hokimiyat xavfsiz va tartibli tarzda almashguniga qadar uni AQSh vaqtincha boshqarishini ma’lum qildi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytdi.

Trampning soʻzlariga koʻra, Vashington Venesuelani toʻgʻri va oqilona boshqarish uchun maxsus jamoa bilan ish olib boradi.

«Biz Venesuelani hokimiyatning xavfsiz, toʻgʻri va oqilona oʻtishi ta’minlanadigan paytgacha boshqaramiz», – dedi u.

Prezident bu jamoaga kimlar kirishini ochiqlamadi, biroq mamlakatni yana buyuk qilish niyatini qayd etdi. Shuningdek, Tramp AQShning yirik neft kompaniyalari Venesuelaga milliardlab dollar sarmoya kiritayotganini aytib, respublikaning neft sanoati uzoq yillik inqiroz sabab salohiyatidan ancha past darajada ishlaganini ta’kidladi.

Avvalroq 3-yanvar kuni AQSh Qurolli kuchlari Karakas va uning atrofidagi harbiy obyektlarga zarbalar bergani xabar qilingandi. Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduroning qoʻlga olinganini ham e’lon qilgan.

Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra, Karakasda kamida 11 ta harbiy va fuqarolik nishoni, jumladan, harbiy bazalar, aeroportlar, parlament binosi hamda Ugo Chaves maqbarasiga hujumlar uyushtirilgan.

Shuningdek