2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilindi

5-yanvar 2026 10:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
2025-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilindi
Foto: Rodr

Autonews hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda Yevropa avtomobil bozorida krossover va SUV modellarining ulushi yangi avtomobil savdolarining 59 foizini tashkil etdi. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 41 foiz edi.

Ta’kidlanishicha, yevropaliklar krossoverlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Avvallari yonilg‘i tejamkor emas deb baholangan ushbu segment endi qulay, xavfsiz va shahar uchun mos tanlov sifatida qaralmoqda. Volkswagen, Toyota va Ford kabi ishlab chiqaruvchilar ixcham modellar bilan talabga tez moslashdi.

Shu bilan birga, xetchbeklar ulushi keskin kamaydi. Agar 2020-yilda bozorning 35 foizi xetchbeklarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 23,9 foizga tushdi. Sotuvlar hajmi 4,2 mln donadan 2,9 mln donagacha qisqardi. Sedanlar ulushi esa 3,5 foizgacha tushib ketdi. Universal kuzovli avtomobillar segmenti ham pasayishda.

Foto: Volkswagen

Krossoverlar hukmronligiga qaramay, Yevropada eng ko‘p sotilgan avtomobil ketma-ket ikkinchi yil Dacia Sandero bo‘lib qoldi. Modelning asosiy ustunligi past narx hisoblanadi. Germaniyada uning narxi 13 ming yevrodan arzon.

2025-yil yakuniga ko‘ra, Yevropadagi eng ommabop krossoverlar beshligi quyidagicha shakllandi. Birinchi o‘rinda Volkswagen T-Roc qayd etildi. Ikkinchi pog‘onani Volkswagen Tiguan egalladi. Uchinchi o‘rindan Toyota Yaris Cross joy oldi. To‘rtinchi pog‘onada Peugeot 2008, kuchli beshlikni esa Dacia Duster yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Yuan Max elektromobili sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek