Apple, Samsung va Google 2026-yilda qaysi gadjetlarni taqdim etadi

eʼlon qilindi
Quyida eng ko‘p muhokama qilinishi kutilayotgan yangiliklar jamlanmasini taqdim etamiz
Foto: Samsung

2026-yil texnologiya ixlosmandlari uchun sermahsul yil bo‘lishi kutilmoqda. Apple, Samsung, Google va boshqa yirik kompaniyalar yangi formatdagi gadjetlar hamda sun’iy intellektga asoslangan qurilmalarni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Quyida eng ko‘p muhokama qilinishi kutilayotgan yangiliklar jamlanmasini taqdim etamiz.

Apple’dan eng arzon MacBook va ilk aqlli ko‘zoynaklar

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Apple tarixida ilk bor nisbatan hamyonbop MacBook’ni chiqarishga hozirlanmoqda. Unga ko‘ra, yangi model narxi taxminan $600 atrofida bo‘ladi. Arzonlashuv qimmat M-seriyali chiplar o‘rniga iPhone 16 Pro’da ishlatilgan A18 Pro protsessoridan foydalanish hisobiga ta’minlanadi. Bu noutbuk asosan o‘qish, internet, hujjatlar bilan ishlash va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashga mo‘ljallanadi.

Shuningdek, 2026-yil oxiriga kelib Apple aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etishi mumkin. Qurilma iPhone bilan chambarchas bog‘lanadi, mikrofon va dinamiklar orqali qo‘ng‘iroq qilish, musiqa tinglash, tarjima va Siri bilan muloqot qilish imkonini beradi. Kamera yordamida foto va video olish ham rejalashtirilgan. To‘liq kengaytirilgan reallik (AR) versiyasi esa 2027-yildan oldin chiqmasligi aytilmoqda.

Samsung va Google’dan sog‘liqni kuzatuvchi yangi aqlli soatlar

Foto: Sean Gallup / Getty Images

2026-yilda aqlli soatlar bozori yanada qiziydi. Samsung Galaxy Watch’ga yurak yetishmovchiligi xavfini erta aniqlashga yordam beruvchi maxsus algoritm qo‘shishni rejalashtirmoqda. Ushbu texnologiya Janubiy Koreya shifoxonalarida qo‘llanilayotgan tibbiy tizimlarga asoslangan.

Google esa Pixel Watch qurilmalari orqali yuqori qon bosimini oldindan bashorat qilish imkonini beruvchi funksiyani ishlab chiqmoqda. Buning uchun kompaniya allaqachon keng ko‘lamli tadqiqotlarni boshlagan.

Samsung Galaxy Ring 2 — aqlli uzukning yangi avlodi

Foto: Samsung

Samsung 2026-yilda Galaxy Ring 2 aqlli uzugini taqdim etishi kutilmoqda. Yangi model yupqaroq dizayn, uzoqroq ishlaydigan batareya va qo‘shimcha sensorlarga ega bo‘ladi. Jumladan, tana haroratini nazorat qilish, shaxsiylashtirilgan mashg‘ulotlar uchun SI vositalari hamda NFC orqali to‘lov qilish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Yandex’dan taqiladigan SI-gadjetlar

Foto: Yandex

2026-yilning birinchi yarmida Yandex sun’iy intellektga asoslangan yangi qurilmalarni chiqarmoqchi. Ular orasida Alisa bilan ishlovchi aqlli quloqchinlar va SI-diktofon bor. Ushbu diktofon ma’ruzalar va yig‘ilishlarni yozib olish, matnga aylantirish va asosiy fikrlarni ajratib berishga mo‘ljallanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei aqlli soat va fitnes-braslet bozorida yetakchi bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek