2026-yilda sayohat uchun eng arzon uchta davlat aniqlandi, Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashdi — 5-yanvarda yuz bergan muhim hodisalar

eʼlon qilindi
Markaziy bank oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qila boshladi
Foto: Freepik

2026-yilda sayohat uchun eng arzon uchta davlat aniqlandi, Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashdi — 5-yanvarda yuz bergan muhim hodisalar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Yuqori xavfli elektron hisobvaraq-fakturalar ulushi 10 foizdan oshmasligi belgilandi

Yuqori xavfli elektron hisobvaraq-fakturalar ulushi 10 foizdan oshmasligi belgilandi
Foto: Facebook

Hukumat qarori bilan elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) xavf darajasini aniqlash hamda ularda aks ettirilgan operatsiyalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur nizom EHFlarni tovarlar (xizmatlar) yagona yetkazib berish zanjiri doirasida xavf darajasi bo‘yicha baholash, ularni tegishli toifalarga ajratish, shuningdek, xavf darajasiga qarab EHFlar bo‘yicha QQSni to‘lash va hisobga olish tartibini belgilaydi.

Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston qurilish ishlari bo‘yicha ortda qolmoqda — statistika

Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston qurilish ishlari hajmi bo‘yicha ortda qolmoqda
Foto: Ekologiya qo‘mitasi

2025-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 273,3 trln so‘mlik qurilish ishlari olib borilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davridagiga nisbatan 14,6 foizga oshgan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida amalga oshirilib, jami 78,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 29,9 trln so‘m, Samarqand viloyatida 17,4 trln so‘m, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida esa har biri 16,3 trln so‘m hajmida qurilish ishlari bajarilgan.

Nyu-York meri Maduroning qo‘lga olinishini urush harakati deb baholadi

Nyu-York meri Maduroning qo‘lga olinishini urush harakati deb baholadi
Foto: AP / Reuters

Nyu-York meri Zohran Mamdani Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSh tomonidan qo‘lga olinishini «urush harakati va federal hamda xalqaro qonunlarni buzish» deb atadi. Mamdani o‘z pozitsiyasini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu harakat nafaqat xorijda yashovchilar, balki Nyu-York aholisiga, jumladan, shaharda yashovchi o‘n minglab venesuelaliklarga ham salbiy ta’sir qiladi. Mamdanning so‘zlariga ko‘ra, uning ustuvor vazifasi aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ma’muriyat vaziyatni kuzatishda davom etadi va zarur tavsiyalar beradi.

2026-yilda sayohat uchun eng arzon uchta davlat aniqlandi

Foto: Getty images

«Tutu» sayyohlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Belarus va Qirg‘iziston bu yil eng arzon xalqaro sayohat yo‘nalishlari uchligiga kirdi.

Ushbu uch mamlakat orasida Belarus eng arzon yo‘nalish bo‘ldi, bu yerda ikki kishilik bir haftalik ta’til o‘rtacha $995 ni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda O‘zbekiston qayd etilgan, bu yerda taxminan $1156 ketadi. Qirg‘izistonda esa $1306 kerak bo‘ladi.

2050-yilda insoniyatni qanday texnologik o‘zgarishlar kutmoqda

Foto: Space

Texnologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar va futurologlar 2050-yilga kelib sun’iy intellekt, kibernetika hamda kosmosni o‘zlashtirish inson hayotini qanday o‘zgartirishi haqida o‘z prognozlarini e’lon qildi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Nanotexnologiya markazi professori Stiven Bramvellning ta’kidlashicha, 2050-yilga borib mashinalar, elektronika va biologiya o‘rtasidagi chegaralar sezilarli darajada yo‘qoladi, bu esa dori vositalarini aniq manzilga yetkazish va salomatlikni monitoring qilish uchun nano-implantlardan foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun faqat bitta davlat bilan muzokara qoldi

Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tashkilotga a‘zo bo‘lish uchun faqat bitta davlat bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlashi kerak.

U o‘zining LinkedIn sahifasida qaysi davlat ekanini yozmagan. Oxirgi marta Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlanib, tegishli protokol imzolangandi. O‘shanda Urunov faqat Tayvan qolganini aytgandi.

Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashdi — video

Foto: videodan kadr

2026-yilning 1-yanvar kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida poyezd va Cobalt avtomashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu YTH soat 14:50 atrofida Shovot tumani Bo‘yrachi mahallasi hududidan o‘tgan, mahalliy ahamiyatga molik 91-02 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yuz bergan. 31 yoshli Cobalt haydovchisi Shovot – Urganch yo‘nalishida harakatlanib kelib, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmagan va poyezdga yo‘l bermagan. U svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasida harakatlanishi oqibatida to‘qnashuv ro‘y berib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Markaziy bank oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qila boshladi

Oltin quymasi
Oltin quymasi / Foto: Tehran Times

Markaziy bank oltin quymalarini sotish bilan birga qaytarib sotib olish narxlarini ham e’lon qila boshladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyatorga ko‘ra, 5-yanvar holatiga 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan 8,735 mlnga tushdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,395 mln so‘m, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,311 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonda Eskrou tizimini joriy etish muddati kechiktirilmoqda

Foto: Depositphotos

Yangi qurilayotgan uylardan xonadon xaridini Eskrou tizimi orqali amalga oshirish bo‘yicha tartib 1-yanvardan kuchga kirishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Adliya vazirligi mazkur ma’lumotlarga rasmiy izoh berib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hozircha qonuniy asosga ega emasligini bildirdi.

Qayd etilishicha, prezident farmoni bilan uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Shu doirada Adliya vazirligi tomonidan «Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etilgan.

Mirziyoyev zalda, Putin dzyudo bilan shug‘ullanadi — To‘qayev MDH yetakchilarning jismoniy holatini baholadi

Mirziyoyev ham zalda shug‘ullanadi — To‘qayev MDH yetakchilarning jismoniy holatini baholadi
Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Turkistan» gazetasiga bergan intervyusida o‘zining va mintaqa yetakchilarining jismoniy holati haqida fikr bildirdi. U Shavkat Mirziyoyevning ham sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’kidladi.

To‘qayev sog‘lig‘i barqaror, qon bosimi me’yorida ekanini aytgan. U har kuni yoga mashqlari bilan shug‘ullanadi. Haftasiga bir necha bor stol tennisi o‘ynaydi. Prezident so‘nggi paytlarda 9 kilogramm vazn yo‘qotganini va bu holat o‘zini yaxshi his qilishiga yordam berganini bildirdi.

Shuningdek