37 yil garajda saqlangan Chevrolet Camaro superkar narxida sotuvga qo‘yildi

5-yanvar 2026 10:55 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
37 yil garajda saqlangan Chevrolet Camaro superkar narxida sotuvga qo‘yildi
37 yil garajda saqlangan Chevrolet Camaro superkar narxida sotuvga qo‘yildi / Foto: Facebook

AQShda 1987-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Camaro IROC-Z 37 yil davomida deyarli haydalmagan holda garajda saqlangan. Bu haqda Carscoops xabar berdi.

Avtomobil shu vaqt ichida atigi 167 km yo‘l bosgan. Shu sababli u bugun deyarli yangi holatda saqlanib qolgan. Avtomobil dastlab Shimoliy Karolinadagi Modern Chevrolet salonida sotilgan. Hozir esa Florida shtatida Facebook Marketplace orqali sotuvga qo‘yilgan.

IROC-Z versiyasi oddiy tashqi ko‘rinish bilan cheklanmagan. Model kuchaytirilgan osma tizimi, yaxshilangan tormozlar va sport uslubidagi dizayni bilan ajralib turgan. Ushbu avtomobil 5,7 litrli V8 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 230 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi to‘rt pog‘onali avtomat, tortish kuchi esa orqa g‘ildiraklarga uzatiladi.

Foto: Facebook Marketplace

Kam yurilganligi sababli avtomobilning tashqi va ichki holati juda toza. Qizil rangli kuzovi hanuz yorqin, salonida esa eskirish belgilari yo‘q. G‘ildiraklar va boshqa ko‘plab qismlar zavod holicha saqlangan.

Foto: Facebook Marketplace

1987-yilda bu Camaro $18 mingga sotilgan. Inflyatsiyani hisobga olganda, bu bugungi kunda taxminan $52,5 mingga teng. Biroq sotuvchi avtomobilni $92,5 mingga baholagan. Bu summa hatto yangi Chevrolet Camaro ZL1 1LE narxidan ham yuqori.

Foto: Facebook Marketplace

Sotuvchi kamyob holat va minimal yurilgan masofani inobatga olib, avtomobilni kolleksionerlar uchun qimmatbaho eksponat sifatida taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General Motors 2026-yilda qaysi Chevrolet modellarini chiqarishi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek