6-yanvar kuni respublikada tumanli ob-havo bo‘ladi

6-yanvar kuni O‘zbekiston hududlarida asosan o‘zgaruvchan va yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ayrim viloyatlarda kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tonggi soatlarda tuman bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 3–8 m/s atrofida bo‘ladi. Havo harorati kechasi 0–2 darajagacha pasayib, kunduzi 7–9 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo asosan ochiq bo‘lib, ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduz kuni esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Ba’zi hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ob-havo o‘zgaruvchan. Tuman tushishi ehtimoli bor. Kechasi harorat –3 dan +2 darajagacha, kunduz kuni 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa 6–11 daraja iliq ob-havo saqlanadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Andijon, Namangan va Farg‘ona) havo asosan ochiq bo‘lib, ayrim joylarda tuman tushadi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kuni 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tuman ehtimoli mavjud. Kechasi havo 5–10 daraja sovuq, kunduz kuni esa –3 dan +2 darajagacha bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.