Arab fondi O‘zbekistondagi futbol klublariga qiziqmoqda

5-yanvar 2026 15:58 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
CAFA 2025: O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi
Arab fondi O‘zbekistondagi futbol klublariga qiziqmoqda / Foto: O‘FA

Arabistonning No Limits Sports investitsiya fondi Yevroosiyo mintaqasida futbol klublarini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. TASS xabariga ko‘ra, ushbu jarayonda O‘zbekiston ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Fondning Yevroosiyo yo‘nalishi prezidenti Vadim Andreyevning aytishicha, No Limits Sports hozirda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Gruziya va Qozog‘istondagi klublarni tahlil qilmoqda. Yaqin vaqt ichida 10–12 ta klub bo‘yicha batafsil hisobot tayyorlanib, investorlar uchun eng istiqbolli loyihalar aniqlanadi.

Andreyevga ko‘ra, fondni qiziqtirayotgan asosiy omillar klubning tarixiy obro‘si, infratuzilmasi, yoshlar akademiyasi va hududiy futbol maktablari bilan ishlash imkoniyati hisoblanadi. Fond davlat va xususiy sektor hamkorligiga asoslangan modelni ustuvor deb biladi. Bu usul hududiy resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va klubni tezroq rivojlantirish imkonini beradi.

Shuningdek, No Limits Sports Rossiyaning Volgograd shahridagi «Rotor» klubiga qiziqish bildirgan. Biroq fond vakillari u yagona loyiha emasligini, boshqa bir qator klublar ham faol o‘rganilayotganini alohida ta’kidlagan.

Fond rahbariyatining bildirishicha, kelishuvlar bo‘yicha aniq qarorlar tahlil yakunlangach qabul qilinadi. Agar muzokaralar ijobiy kechsa, ayrim klublar bilan bitimlar 6–12 oy ichida amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Paxtakor» «Nasaf»dan Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullayevni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek