Boysundagi «M-25» konida neft sizib chiqishining oldi olindi — Energetika vazirligi
eʼlon qilindi
Suyuqlik tarqalishining oldini olish uchun himoya hovuzlari barpo etildi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «M-25» konida 2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida tarkibida neft saqlovchi suyuqlikning yer yuziga sizib chiqishi kuzatildi. Energetika vazirligi vaziyat to‘liq nazoratga olingani va suyuqlik jilovlanganini ma’lum qildi.
Suyuqlik tarqalishining oldini olish uchun hudud atrofi va soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari qurilgan. Yig‘ib olingan neft aralashmasi maxsus ajratilgan, hajmi 5 ming kub metr bo‘lgan ikkita izolyatsiyalangan hovuzga tashilmoqda. Bu usul suyuqlikni xavfsiz saqlash va keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Romitan tumanida bir mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan MChJ aniqlangani haqida xabar bergan edi.