Disney «Hayvonlar shahri-2» filmi bilan kinokassa rekordlarini yangiladi

5-yanvar 2026 19:16 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Disney «Hayvonlar shahri-2» filmi bilan kinokassa rekordlarini yangiladi / Foto: The Hollywood Reporter

«Hayvonlar shahri-2» filmi $1,49 mlrd bilan Walt Disney Animation tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Bu natija 2019-yilda $1,45 mlrd bilan rekord o‘rnatgan «Muzyurak-2» filmidan oshib ketdi.

«Hayvonlar shahri-2» filmidan AQShda $333 mln, xorijiy bozorda esa $1,13 mlrd daromad tushdi. Rojdestvo bayramlari haftasida, chiqarilganining beshinchi haftasida, film kinokassaga qo‘shimcha $87,9 mln kiritdi.

Film atigi 17 kunda $1 mlrd darajasiga yetib, tarixda eng tez PG-reytingli filmga aylandi. Ayniqsa, Xitoy bozori film uchun katta muvaffaqiyat manbai bo‘ldi; u yerda film allaqachon $500 mlndan oshiq daromadga erishdi. Bu AQSh filmlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.

Joriy yilda global kinokassada $1 mlrddan oshiq daromad olgan filmlardan «Hayvonlar shahri-2» tashqari faqat Disney’ning «Lilo va Stich» remeyki ($1,03 mlrd) va «Ne Zha 2» ($2,2 mlrd) Xitoy animatsion filmi mavjud.

Filmda Ginnifer Gudvin quyon Judy Hopps, Jason Beytman esa tulki Nick Wilde rolida ishtirok etgan. Ushbu ikki do‘st film davomida hayvonlar shahrida yuzaga kelgan sirni ochishga harakat qiladi. Bu esa hayvonlar jannatidagi tinchlikni tahdid ostiga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Avatar: Olov va Kul» filmi 345 mln dollar jamg‘argani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek