Dollar yil boshidan 12 ming so‘mdan pastladi

6-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
25-dekabrda dollar 12 067,60 so‘m (+15,27 so‘m), 26-dekabrda 12 078,47 so‘m (+10,87 so‘m), 29-dekabrda esa 21,15 so‘mga pasayib, 12 057,32 so‘mni tashkil etdi. 30-dekabr kuni dollar 31,99 so‘mga pasayib, 12 025,33 so‘m bo‘ldi. AQSh valyutasi yilni pasayish (20,92 so‘m) bilan boshlab, 5-yanvar kuni 12 004,41 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 165,39 so‘mga tushib, 13 963,80 so‘mni, rubl 5,78 so‘mga tushib, 147,81 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 5-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.