Dunyoning eng boy odamlari o‘z boyligini 2,2 trln dollarga oshirdi

eʼlon qilindi
Eng muvaffaqiyatli milliarderlar qatorida Tramp va uning oilasi ham bor
Ilon Mask va Tramp
Foto: ABC News

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 500 kishisi 2025-yilga kelib o‘z boyliklarini rekord darajada $2,2 trillionga ko‘paytirdi.

Bu aksiyalardan tortib kriptovalyutalar va qimmatbaho metallargacha bo‘lgan bozorlarda kuchli o‘sish bilan bog‘liq. Agentlikning yozishicha, ularning umumiy kapitali $11,9 trillionga yetgan.

Oshgan summaning chorak qismi atigi sakkiz kishiga, jumladan, Amerikaning Oracle (ORCL) kompaniyasining asoschilaridan biri va eng yirik aksiyadori Larri Ellison, Tesla rahbari Ilon Mask, Google asoschilaridan biri Larri Peyj va Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli. Biroq ta’kidlanishicha, ularning hissasi o‘tgan yilga nisbatan kamroq bo‘lgan, o‘shanda o‘sha sakkiz milliarder umumiy foydaning 43 foizini olgandi.

Yil oxiridagi eng muvaffaqiyatli milliarderlar Ellison (sof boyligi $249,8 mlrd, yillik daromadi $57,7 mlrd), Mask ($622,7 mlrd va $190,3 mlrd), avstraliyalik ishbilarmon ayol Gina Raynxart ($37,7 mlrd va $12,6 mlrd), shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning oilasi ($6,8 mlrd va $282 mln) qayd etilgan.

Kapital o‘sishining eng katta ulushi AQSh va Kanada ($1,1 trln), Osiyo va Okeaniya ($550,7 mlrd) va Yevropa ($386,5 mlrd) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq «Kursiv» milliarder Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda qanchaga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek