Energetikadagi texnologik buzilishlar 10 kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Buzilish aniqlangandan boshlab
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish vaqtincha to‘xtadi
Energetikadagi texnologik buzilishlar 10 kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi / Foto: Depositphotos

Hukumat tomonidan elektr energetikasi tizimida yuzaga keladigan texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, elektr qurilmalarining ekspluatatsiyasi davrida, shuningdek, rejali ta’mirlash, profilaktika ko‘rigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, elektr qurilmalari va ularning elementlari ishdan chiqishiga olib kelgan yoki texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi bilan bog‘liq holatlar ham hisobga olinadi. Iste’molchilarga elektr energiyasini qisman yoki to‘liq, rejalashtirilmagan tarzda yetkazib berishning to‘xtatilishi ham texnologik buzilish sifatida baholanadi.

Texnologik buzilishlar ularning xususiyati va oqibatining og‘irligiga qarab avariyalar hamda I va II darajadagi ishdan chiqishlarga bo‘linadi. Bunday holatlarni tekshirish buzilish aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonalarda hamda ularga tegishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan barcha texnologik buzilishlar tegishli elektr energetikasi obyektlari tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun soatbay tariflar joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek