Fransiya prezidenti xotinini «erkak» deb da’vo qilgan 10 kishi jazoga tortildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ular orasidagi 24 yillik farq ham qattiq tanqid qilingan
Fransiya prezidenti xotinini «erkak» deb da’vo qilgan 10 kishi jazoga tortildi / Foto: RBK

Parij sudi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi, mamlakatning birinchi xonimi Brijit Makronni o‘z jinsini yashirganlikda ayblagan 10 kishini jazoga tortdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Sud qaroriga ko‘ra, sakkiz erkak va ikki ayol Brijit Makronning jinsi va shaxsiyati haqida salbiy izohlar yozgan va uning eri bilan yosh farqini hatto pedofiliyaga qiyoslagan. Jinoyatchilardan biri olti oyga qamoq jazosi, boshqalarga sakkiz oygacha shartli jazo oldi. Shuningdek, jarimalar, majburiy kiber-ta’qib kurslari va besh kishiga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqi qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, Brijit Makron va Emmanuel Makron uzoq yillardan beri bu kabi yolg‘on va haqoratli da’volarga duch kelmoqda. Ularning 24 yosh farqi ham qattiq tanqid qilinib kelgan.

Brijit Makron TF1 telekanaliga bergan intervyusida bu borada juda ko‘p onlayn «hujum»larga uchraganini, jumladan, soliq saytiga kirib shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish holatlari ham bo‘lganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Makronning mamlakatga bosh vazir tayinlagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek