Geely Galaxy V900 global savdosi 7-yanvarda boshlanadi

5-yanvar 2026 11:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Geely

Geely Galaxy brendi yangi Geely Galaxy V900 flagman miniveni uchun global oldindan buyurtmalar 7-yanvarda ochilishini e’lon qildi. Model premium segmentga mansub bo‘lib, oilaviy va biznes maqsadlar uchun mo‘ljallangan.

Galaxy V900 tashqi ko‘rinishda yirik xrom radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Yashirin optika va tom qismiga o‘rnatilgan lidar mavjud. Avtomobil o‘lchamlari 5360×1998×1940 mm. G‘ildirak bazasi 3200 mm.

Foto: Geely

Salon maksimal qulaylikka yo‘naltirilgan. Haydovchi oldida 10,25 dyuymli raqamli panel bor. Markaziy multimedia ekrani 15,4 dyuym. Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar uchun alohida boshqaruv ekranlari o‘rnatilgan. O‘rindiqlar isitish, ventilyatsiya, xotira va SPA-massaj funksiyasiga ega.

Miniven Flyme Sound audio tizimi bilan jihozlangan. Tizimda 27 ta dinamik mavjud. Sun’iy intellekt asosidagi karaoke funksiyasi ham bor. Ikkinchi va uchinchi qatorda oyoqlar uchun joy 1 metrdan oshadi. Bagaj hajmi 1000 litrdan yuqori.

Foto: Geely

Galaxy V900 ketma-ket gibrid tizimga ega. 1,5 litrli turbomotor faqat generator vazifasini bajaradi. To‘liq elektr rejimida yurish zaxirasi 165 – 202 km. Model to‘liq yuritma va Qianli Haohan H5 avtopilot tizimi bilan taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely’ga tegishli kompaniya avtomobilni boshqaradigan chiplarni ishlab chiqara boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek