Hindistonning shimoliy-sharqida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Tabiiy ofat aholining cheklangan qismiga ta’sir qilgan
Foto: Flowminder

Hindistonning Assam shtatida 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi epitsentri Butan chegarasi yaqinidagi Dhing qishlog‘ida qayd etilgan.

Zilzila o‘chog‘i sayoz chuqurlikda bo‘lib, u Hindistonning Butan bilan chegarasi yaqinidagi Dhing qishlog‘idan 3 km masofada joylashgan. AQSh Geologiya xizmati hududda kuchli silkinish sezilganini, biroq hodisa aholining cheklangan qismiga ta’sir ko‘rsatganini taxmin qilmoqda. Hozircha jiddiy talafotlar haqida xabar berilmagan.

Himoloy mintaqasi seysmik faol hudud hisoblanib, bu yerda har yili yirik zilzilalar sodir bo‘ladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1950-yilda Assam va Tibetda yuz bergan zilzila oqibatida 4,8 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tayvanda 6,1 magnitudali zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek