
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Paxtakor» klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Eronning «Persepolis» klubida davom ettiradi. Tehron klubi ushbu transferni Instagram’dagi jonli efir orqali rasman e’lon qildi.
Futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, yangi jamoasi bilan 1,5 yillik bitimga imzo chekkan. Sergeyev Aleksandr Lobanov, Sherzod Temirov va Oston O‘runovdan keyin «qizillar» safiga qo‘shilgan to‘rtinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Hujumchi avvalroq Tailandning «Pathum United» jamoasidan «Paxtakor»ga qaytgan va shundan so‘ng o‘tkazilgan 38 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 25 marta ishg‘ol qilgan. Manbalarga ko‘ra, Igor Sergeyev shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida $1,5 mln ishlab topadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistn Igor Sergeyev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.