Janubiy Afrikada chaqmoq urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
150 ga yaqin kishilar jarohatlandi
Janubiy Afrikada chaqmoq urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi / Foto: News desk

4-yanvar kuni Janubiy Afrikaning shimoliy qismida o‘tkazilgan bayram tadbirida chaqmoq urishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgan va taxminan 150 kishi jarohatlangan. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib, Caliber ma’lum qildi.

Shimoliy G‘arbiy provinsiyaning tibbiy vakillari ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlarning 13 nafari og‘ir ahvolda. Jami 49 kishi kasalxonada qolmoqda, qolganlar esa tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uylariga qaytgan.

Hodisa mamlakat poytaxti Pretoriya shimolidagi Dertig qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi an’anaviy musiqa va raqs festivali uchun yig‘ilgan vaqtida to‘fon boshlanib, chaqmoq odamlar orasiga tushgan.

Ma’lumot uchun, ayni patda Janubiy Afrika yomg‘irli mavsumni boshdan kechirmoqda. Bu davrda tez-tez va noodatiy kuchli chaqmoqlar bo‘lib, shunday hodisalarning xavfini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariyadagi kurortda sodir bo‘lgan yong‘in 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Shuningdek