Machado Nobel mukofotidan voz kechmagani sabab prezident bo‘la olmaydi — OAV

eʼlon qilindi
Tramp Venesuela muxolifati yetakchisini qo‘llab-quvvatlamadi
Machado Nobel mukofotidan voz kechmagani sabab prezident bo‘la olmaydi / Foto: Radio France

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela muxolifat siyosatchisi Mariya Korina Machadoni mamlakatning yangi prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Trampning bunday qarori Machadoning Nobel tinchlik mukofotini qabul qilgani bilan bog‘liq. Mukofotni Trampning o‘zi olishni istagan bo‘lsa-da, Machado uni qabul qilgan va hatto Trampga bag‘ishlashini aytgan. Agar u mukofotni rad etganida, bugun u Venesuelaning prezidenti bo‘lishi mumkin edi, deya yozmoqda OAV.

“Machadoning lider bo‘lishi qiyin, chunki unda ichki qo‘llab-quvvatlash yo‘q. U juda yoqimli ayol, lekin uni hurmat qilishmaydi», – deydi Tramp.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Machado Venesuela xalqi uchun demokratik qadriyatlarni rivojlantirish va diktaturadan demokratiyaga adolatli hamda tinch o‘tishni ta’minlashdagi ishlari uchun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolas Maduro AQShda narkotik ayblovlari bo‘yicha sudga tortilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek