Markaziy bank oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qila boshladi

eʼlon qilindi
5 grammli oltin quymani qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 8,395 mln so‘m
oltin
Oltin narxi 6,9 million so‘mga yetdi / Foto: AntonMatyukha/Depositphotos

Markaziy bank oltin quymalarini sotish bilan birga qaytarib sotib olish narxlarini ham e’lon qila boshladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyatorga ko‘ra, 5-yanvar holatiga 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan 8,735 mlnga tushdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,395 mln so‘m, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,311 mln so‘mni tashkil etadi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (texnik talablarga mos emas)
5 gramm8 735 000 so‘m8 395 000 so‘m8 311 000 so‘m
10 gramm17 469 000 so‘m16 791 000 so‘m16 621 000 so‘m
20 gramm34 939 000 so‘m33 582 000 so‘m33 243 000 so‘m
50 gramm87 347 000 so‘m83 955 000 so‘m83 107 000 so‘m
100 gramm174 694 000 so‘m167 910 000 so‘m166 214 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin avvalgi rekord narxdan tushdi. 5-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:53 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4,4 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha 175 tonnaga yetkazilishi xabar qilingandi. Jumladan, Navoiydagi oltin konlarida $320 millionlik loyiha ishga tushadi, qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi.

Shuningdek