Microsoft Windowsni internetsiz faollashtirish imkoniyatini bekor qildi

eʼlon qilindi
Endilikda foydalanuvchilar operatsion tizimni faqat onlayn tarzda faollashtirishi mumkin
Foto: Tom’s Hardware

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimini internetga ulanmasdan faollashtirish funksiyasini ogohlantirishsiz olib tashladi.

Yangi cheklov nafaqat eng so‘nggi Windows 11, balki Windows 10 va hatto Windows 7 versiyalariga ham ta’sir ko‘rsatgan. YouTube platformasida joylashtirilgan videodalillarga ko‘ra, foydalanuvchilar aktivatsiya uchun telefon orqali bog‘lanishga urinilganda, jarayon faqat onlayn tarzda amalga oshirilishini ma’lum qilinmoqda va aka.ms/aoh saytidan foydalanishni taklif etmoqda.

Foydalanuvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan jihat shundaki, Microsoft rasmiy qo‘llab-quvvatlash sahifasida telefon orqali faollashtirish usuli hali ham aktual variant sifatida ko‘rsatilgan va unga tegishli yo‘riqnoma olib tashlanmagan. Kompaniya hozircha ushbu o‘zgarish yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Windows 11 Android ilovalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘chirish sababini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek