Mirziyoyev zalda, Putin dzyudo bilan shug‘ullanadi — To‘qayev MDH yetakchilarning jismoniy holatini baholadi

eʼlon qilindi
To‘qayev sog‘lig‘i barqaror, qon bosimi me’’yorida ekanini aytgan
Mirziyoyev ham zalda shug‘ullanadi — To‘qayev MDH yetakchilarning jismoniy holatini baholadi
Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Turkistan» gazetasiga bergan intervyusida o‘zining va mintaqa yetakchilarining jismoniy holati haqida fikr bildirdi. U Shavkat Mirziyoyevning ham sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’kidladi.

To‘qayev sog‘lig‘i barqaror, qon bosimi me’yorida ekanini aytgan. U har kuni yoga mashqlari bilan shug‘ullanadi. Haftasiga bir necha bor stol tennisi o‘ynaydi. Prezident so‘nggi paytlarda 9 kilogramm vazn yo‘qotganini va bu holat o‘zini yaxshi his qilishiga yordam berganini bildirdi.

Jurnalist savoliga javoban To‘qayev boshqa yetakchilarning ham jismoniy faolligini sanab o‘tdi. Uning aytishicha, Vladimir Putin dzyudo bilan shug‘ullanadi. Ilhom Aliyev doimiy mashq qiladi. Sadir Japarov futbol o‘ynaydi. Mirziyoyev yaxshi sport formasida va zalda shug‘ullanadi.

Shuningdek, Nikol Pashinyan velosiped haydashini, Aleksandr Lukashenko esa xokkey o‘ynashini qayd etgan. To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa va qo‘shni davlatlar yetakchilarining barchasi yaxshi jismoniy holatda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toqayev Nazarboyev va Putin uchrashuviga izoh bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek