
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli joriy yil 12-yanvargacha mazkur ko‘chada avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Shuningdek, Sho‘rtepa, Sho‘rtepa 1-tor va Sultoniya 5-tor ko‘chalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi. Ushbu hududda yashovchi fuqarolar o‘z avtomobillari bilan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali kirib-chiqishi mumkin.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach hududda zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasi foydalanishga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashgandi. Unga ko‘ra, 31 yoshli Cobalt haydovchisi Shovot – Urganch yo‘nalishida harakatlanib kelib, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmagan va poyezdga yo‘l bermagan.