OnePlus Turbo 6 iPhone 16’ni powerbankdan ham tezroq quvvatlay oldi

5-yanvar 2026 17:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Turbo 6 iPhone 16’ni powerbankdan ham tezroq quvvatlay oldi
Foto: OnePlus

OnePlus Turbo 6 smartfonlari seriyasi bo‘yicha yangi imkoniyatlarni rasman tasdiqlandi. Kompaniya Weibo‘da bergan bayonotiga ko‘ra, OnePlus Turbo 6 sim orqali 27 Vt quvvatga ega teskari tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu imkoniyat orqali Apple iPhone 16 smartfoni 30 daqiqada 45 foizgacha quvvatlanadi.

Turbo 6 seriyasi faqat smartfonlarni emas, balki boshqa qurilmalarni ham quvvatlay oladi. Ular elektr tish cho‘tkalari, aqlli qulf tizimlari, Bluetooth kolonkalari, elektron kitoblar, quloqchinlar, elektr ustara va aqlli soatlarni zaryadlash imkoniga ega. Bu holat favqulodda vaziyatlarda ayniqsa foydali bo‘lishi aytilmoqda.

Foto: OnePlus

OnePlus Turbo 6 va Turbo 6V modellari yassi displey bilan taqdim etiladi. Ekran aniqligi 1,5K bo‘ladi. Turbo 6 6,78 dyuymli va 165 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran bilan jihozlanadi. Turbo 6V esa 6,8 dyuymli va 144 Hz ekran oladi.

Texnik tomondan, Turbo 6 Snapdragon 8s Gen 4, Turbo 6V esa Snapdragon 7s Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Kompaniya avvalroq tarqalgan ma’lumotlarni ham tasdiqladi. Har ikki model 9000 mA/soat sig‘imga ega yirik batareya va tezkor quvvatlash bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus yangi Turbo 6 va Turbo 6V smartfonlarining taqdimot sanasini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek