O‘zbekistonda Eskrou tizimini joriy etish muddati kechiktirilmoqda

eʼlon qilindi
Adliya vazirligi mazkur ma’lumotlarga rasmiy izoh berdi
eskrou
Eskrou hisobvaraqlari sababli uy-joy narxi oshishi mumkin. Foto: depositphotos

Yangi qurilayotgan uylardan xonadon xaridini Eskrou tizimi orqali amalga oshirish bo‘yicha tartib 1-yanvardan kuchga kirishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Adliya vazirligi mazkur ma’lumotlarga rasmiy izoh berib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hozircha qonuniy asosga ega emasligini bildirdi.

Qayd etilishicha, prezident farmoni bilan uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Shu doirada Adliya vazirligi tomonidan «Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etilgan.

Aynan ushbu qonun loyihasi orqali Eskrou tizimini joriy etish, uning ishlash mexanizmlari hamda unga oid old shartlar huquqiy jihatdan tartibga solinishi ko‘zda tutilgan. Loyiha muhokamasi 30-dekabr kuni yakunlangan bo‘lsa-da, hujjat hali parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Shu sababli eskrou tizimi amalda qachondan joriy etilishi qonun qabul qilinib, kuchga kirgachgina aniq bo‘ladi. Hozircha esa yangi tartib bo‘yicha rasmiy sana belgilanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eskrou hisobvaraqlari sababli uy-joy narxi oshishi mumkinligi haqida yozgandi.

Bu haqda Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansur Niyozmuhammedov 17-iyul kuni Savdo-sanoat palatasidagi ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Niyozmuhammedovning fikricha, bu tizim quruvchilarning aylanma mablag‘ini kamaytirishi mumkin. Shu sabab uy-joy taklifi qisqaradi va narx oshishi mumkin. Chunki talab yuqori, ammo mablag‘ yetishmasa, yangi uylar kamroq quriladi.

Shuningdek