«Paxtakor» «Nasaf»dan Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullayevni o‘z safiga qo‘shib oldi

5-yanvar 2026 13:58 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: SI yordamida yaratilgan

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi Qarshining «Nasaf» jamoasidan ikki nafar tajribali o‘yinchi Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullayevni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Yarim himoyachi Oybek Bozorov shu vaqtga qadar Superligada 165 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Osiyo klublari miqyosidagi xalqaro musobaqalarda esa 31 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev ham faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi. Uning statistikasi Superligada 147 ta o‘yin, 10 ta gol va 25 ta golli uzatmani tashkil etadi. Xalqaro maydonda esa himoyachi 27 bor maydonga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» 14-marta O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek